← Yangiliklarga qaytish

Boysun tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

📅 10.08.2026   👁 10
🔴 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan reja-grafigiga muvofiq, tumanning 62-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

✍️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

💙 Qabulda jami bo'lib 42 nafar fuqaro ishtirok etib, 18 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Shundan 14 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etilishi sababli 4 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.