← Yangiliklarga qaytish

"Har bir bola baxtli bo'lishga haqli!"

📅 06.06.2026   👁 10
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va yoz faslining birinchi kunidir. Ushbu sana bolajonlarga quvonch ulashish, ularning huquqlarini himoya qilish, shuningdek, dunyoda tinchlik va farovonlikni targ‘ib etish maqsadida butun dunyoda, jumladan, O‘zbekiston bo‘ylab ham keng nishonlanadi.
Bugun sana munosabati bilan "Biz sen bilan bir safdamiz" shiori ostida tuman hokimligidan vakillar, tuman prokurori, tuman DXX bo‘linmasi rahbari, tuman MMTB rahbariyati, tuman kasaba uyushmasi rahbari va maktablarning direktorlari bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya olayotgan imkoniyati cheklangan bolalar holidan xabar olinib ularga mehr ulashildi!