1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Boysun tumanida tashkil etilgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruh, quvonch va beg‘ubor bolalik shukuhi bilan davom etmoqda.
🌟 Bayram dasturi doirasida bolajonlar uchun turli ko‘ngilochar o‘yinlar, qiziqarli tanlovlar, sahna ko‘rinishlari hamda madaniy-ma’rifiy chiqishlar tashkil etilib, ularga unutilmas taassurotlar ulashilmoqda. Tadbir maydonida bolalarning quvonchli kulgisi, samimiy tabassumi va beg‘ubor shodligi bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
🎶 Ayniqsa, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda yosh iste’dodlar tomonidan ijro etilayotgan kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayram muhitini yanada jo‘shqin tus oldirmoqda.
Bolalar kulgisi yangragan maskanlarda bugun mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlik muhiti yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, bolalarning baxtli bolaligi — jamiyatimiz ertangi kuni va porloq kelajagining mustahkam poydevoridir.